Get Mystery Box with random crypto!

#faxrimmadhiyam “ULUGʻ XALQ QUDRATI JOʻSh URGAN ZAMON” “O | AntimonUz

#faxrimmadhiyam

“ULUGʻ XALQ QUDRATI JOʻSh URGAN ZAMON”

“Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi” toʻgʻrisidagi qonun 1992-yil 10-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan.


Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Vatanimiz bayrogʻi baland koʻtarilib, davlat madhiyasi yangraganda qalblarimizga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi barchangizni 10-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi.


website | facebook | telegram | youtube | instagram |