Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganliginin | AntimonUz

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yillik bayrami bilan Sizni Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi nomidan tabriklayman.

Konstitutsiya – davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma. Konstitutsiyamiz yigirma toʻqqiz yildirki, yurtimizda mustaqil demokratik jamiyat qurilishining huquqiy poydevori boʻlib xizmat qilib kelmoqda.

Vatanimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqishdek yuksak maqsad yoʻlida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishda oʻz hissangizni qoʻshmoqdasiz. Bayram munosabati bilan Sizga va Sizning jamoangizga muvaffaqiyatlar tilayman. Sharafli mehnatingizda zafarlar, sogʻlik va salomatlik tark etmasin.

Eng yaxshi tilaklar bilan,
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh.SHARAXMETOV