Get Mystery Box with random crypto!

#TACF_UZ Xabar berganimizdek, ayni paytda “II Toshkent Aksilko | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

#TACF_UZ
Xabar berganimizdek, ayni paytda “II Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” boʻlib oʻtmoqda.

Unda AQSH, Koreya, Gonkong, Malayziya, Latviya, Ozarbayjon, davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idora vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Forum oʻz ishini yalpi majlis bilan boshladi, shundan soʻng jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, korrupsiyaga qarshi kurashishda ta’lim va ma’rifatni kuchaytirish mexanizmlari muhokamalariga bagʻishlangan uchta sessiyada oʻzaro muloqotlar davom ettiriladi.

Forum jarayonlari Agentlikning rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz