Get Mystery Box with random crypto!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
(12–16-sentabr kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari boʻyicha oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga 5 ta taqdimnoma hamda qonun buzilish holatlari boʻyicha Bosh prokuraturaga 8 ta hujjatlar huquqiy baho berish uchun yuborilgan.

Ochiq tanlov, seminar va boshqa tadbirlar:

13-sentabr
“Korrupsiyaning oldini olishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki”
mavzusidagi loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

14-sentabr
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Davlat ekologik ekspertizasi markazi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimiga nomzodlarni tanlash boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi.

14-sentabr
“Oʻzbekistonda korrupsiya xavfi va nohalollikni baholash” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

15-16-sentabr
“Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari” mavzusida (Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida) sayyor oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

13-16 sentabr
Agentlik direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi amalga oshirildi.

15-sentabr
AQSHning Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari Liza A.Djonson bilan Agentlik rahbariyatining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

15-sentabr
AQSH davlat departamenti (INL)ning Odam savdosiga qarshi kurashish byurosi tomonidan tashkil etilgan “Jinoiy chorrahalar: korrupsiya odam savdosi jinoyatini qanday kengaytiradi?” mavzusidagi onlayn seminarda ishtirok etildi.

16-sentabr
Agentlikning xalqaro hamkorlik tarmogʻi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

XXR raisining Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida Agentlik va Xitoy Xalq Respublikasi Nazorat boʻyicha Milliy Komissiya oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum loyihasi imzolandi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 44 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 258 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz