Get Mystery Box with random crypto!

Daniya hukumatiga tegishli boʻlgan Danish Tv 'onasini quchoqla | Anti-ateistUz

Daniya hukumatiga tegishli boʻlgan Danish Tv "onasini quchoqlab turgan marokashlik futbolchilar"ni maymunga taqqosladi. Samimiy yevropaliklar marokashlik futbolchilarni bu ishini yuksak baholab turgan bir paytda, Daniya hukumatiga tegishli vositalar orqali qilinayotgan hujumlar koʻngilni xira qiladi.

Daniyada Islomga qarshi bunday harakatlar birinchi marta boʻlayotgani yoʻq. 2005-yilda paygʻambarimizni karikatura qilgan va 2006-yilda musulmonlarning keskin noroziliklariga sabab boʻlgandi. Ushbu holat Daniya uchun Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi eng katta siyosiy inqiroz sifatida baholangan. Islomni qoralashga boʻlgan urinish aks taʼsir koʻrsatib, ushbu dinni "reklama"siga sabab boʻlgan. Natijada 2005-yilda Daniyada 2500 nafar boʻlgan musulmonlar soni 2007-yilda 4000 nafarga yetgan. Norasmiy raqamlar bundan ancha yuqoriligi aytiladi. Aholi orasida Islomga nisbatan qiziqish kuchaygandan keyin Daniya hukumati "hujum"larni toʻxtatgan edi.

Anti_Islomofob