Get Mystery Box with random crypto!

AnsoriyaMuhammadFM

Telegram kanalining logotibi ansoriyamuhammad — AnsoriyaMuhammadFM A
Telegram kanalining logotibi ansoriyamuhammad — AnsoriyaMuhammadFM
Kanal manzili: @ansoriyamuhammad
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 199
Kanalning ta’rifi

بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم
Assalomu aleykum. Bu kanalda qalblarni zabt etgan inson. Allohga sevimli bolgan Muhammad S.A.V hadislari va ular bn yonma-yon bo'lgan jannatiylar haqida imkoniyatimiz boricha bilganlarimizni ilinamiz.

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-21 03:48:17
السلام عليكم ورحمه الله وبركاته

#kun_hadisi

Bomdod uchun kurashda, uyqu seni yengmasin..

في معركة الفجر ، لن ينامك النوم



@AnsoriyaMuhammadFM
762 views Hojiya , 00:48
Ochish/sharhlash
2022-11-19 17:27:15
1.0K views Hojiya , 14:27
Ochish/sharhlash
2022-11-18 22:15:01 #Eslatma

Uxlashdan oldin aytiladigan duo:

باسمك اݪݪهم أݦۅت و أځيا

Bismikallohumma amutu va ahya.

Ma'nosi: "Ey Robbim, Sening isming bilan o'laman va tirilaman"


Hayrli tun
Allohga omonatsiz

@AnsoriyaMuhammadFM
625 views Hojiya , 19:15
Ochish/sharhlash
2022-11-18 22:13:37 “Mening Qalbim Kasal bo’lib qoldi , menga dori tayin qilib bering..”

«Qalbi Kasal Inson»

Abdulloh domla
@AnsoriyaMuhammadFM
599 views Hojiya , edited  19:13
Ochish/sharhlash
2022-11-18 21:51:15 Rosulolloh (ﷺ) haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar

1. Rosulolloh (ﷺ) Odam alayhissalom hali ruh va jasad orasida turganlarida u zot (ﷺ) nabiy edilar.

2. Rosulolloh (ﷺ)ning Odam alayhissalomgacha bo’lgan nasablaridagi kishilarga biror fahsh ish yetmagan.


3. Rosulolloh (ﷺ) Ahmad (Allohga eng ko’p hamd aytuvchi) deb nomlandilar. U zotdan oldin biror kishi bunday nom bilan nomlanmagan.

4. Rosulolloh (ﷺ) kechasi och qorinda uxlab, tongda qorinlari to’q holda uyg’onardilar. Alloh u zotni taomlantirib qo’yar edi.


5. Rosulolloh (ﷺ) old tomonni qanday ko’rsalar, orqa tomonni ham huddi shunday ko’rardilar.

6. Rosulolloh (ﷺ) kunduzi qanday ko’rsalar, qorong’u kechani ham huddi shunday ko’rardilar.

7. Rosulolloh (ﷺ)ning tupuklari sho’r suvni ham chuchuk qilar edi.


8. Rosulolloh (ﷺ) dushmanlarning qalbiga bir oylik masofadan qo’rquv solardilar.

9. Rosulolloh (ﷺ) biror marta ham esnamaganlar.


10. Rosulolloh (ﷺ) va boshqa payg’ambarlar hech qachon ehtilom bo’lishmagan.

11. Rosulolloh (ﷺ)ning terlari mushkdan ham hushbo’y bo’lgan.


12. Rosulolloh (ﷺ)ning soyalari bo’lmagan. U zot tamomila nur bo’lganlar.

13. Rosulolloh (ﷺ)ning kiyimlariga biror marta ham pashsha qo’nmagan.


14. Rosulolloh (ﷺ)ni biror marta burga va hasharot chaqib, aziyat bermagan.

15. Rosulolloh (ﷺ) mingan ulov biror marta tezak tashlamagan, bavl qilmagan.


16. Rosulolloh (ﷺ) dunyoga kelganlarida kohinlar osmondan xabar ololmay qolishgan.

17. Rosulolloh (ﷺ) Me’roj kechasi barcha payg’ambarlar va farishtalarga imom bo’lib namoz o’qiganlar.


18. Rosulolloh (ﷺ)ning ummatlariga butun yer yuzi masjid qilib berilgan.

19. Rosulolloh (ﷺ) boshqa payg’ambarlar davrida kelganlarida, boshqa payg’ambarlar u zotga ummat bo’lar edilar.


20. Rosulolloh (ﷺ)ning ummatlariga u zotni ismlari bilan chaqirish harom qilingan (Nur-63).

21. Rosulolloh (ﷺ)ning sahobalariga u zotning ovozlaridan baland ovozda gapirish harom qilingan (Hujurot 2).


22. Rosulolloh (ﷺ)ning huzurlariga farishta Isrofil alayhissalom tushganlar. Bu farishta u zotdan oldin hech qaysi payg’ambarga tushmagan edilar.

23. Rosulolloh (ﷺ)ning oldingi va keyingi gunohlari kechirilgandir (Fath 1-2).


24. Vafot etkan bandadan qabrda Rosulolloh (ﷺ) haqida so’raladi, boshqa payg’ambarlar haqida so’ralmaydi.

25. Rosulolloh (ﷺ)ni tushida ko’rgan, haqiqatdan ham ko’rgan bo’ladi. Chunki shayton u zotning su’ratiga kira olmaydi.


26. Rosulolloh (ﷺ) bir kishini chaqirsalar, o’sha inson namoz o’qiyotgan bo’lsa ham, u zotga javob berishi vojib bo’lgan.

27. Rosulolloh (ﷺ) vafot etkanlarida sahobalar imomsiz guruh-guruh bo’lib janoza o’qiganlar. Va bu namozlarda Janozadagi mashhur duo o’qilmagan.


28. Rosulolloh (ﷺ)ning muborak badanlari chirimaydi.

29. Rosulolloh (ﷺ)ning qabrlariga bir farishta muvakkal qilinib, u zotga salovot aytganlarning salovotlarini yetkazib turadi.


30. Rosulolloh (ﷺ)ning qabrlari Qiyomatda birinchi ochiladi. Oxiratda u zot yetmish ming farishtaning qurshovida bo’ladilar.

31. Rosulolloh (ﷺ) Sirotdan birinchi bo’lib o’tadilar.


32. Rosulolloh (ﷺ) Mahsharga Buroq degan otga mingan hollarida keladilar.

33. Rosulolloh (ﷺ) Mahshar kuni Arshning o’ng tomonida shunday maqomda turadilarki, u zotdan boshqa hech kim u yerda turmaydi.

34. Rosulolloh (ﷺ) Jannatga birinchi bo’lib kiradilar.

35. Rosulolloh (ﷺ)ning ummatlari Qiyomat kuni birinchi so’roq qilinadi.

Manba: "Ikki olam sarvari" - Sayyid Muhammad Hasaniy
@AnsoriyaMuhammadFM
637 views Hojiya , 18:51
Ochish/sharhlash
2022-11-18 21:48:57 ​​ Sultonimga...

Ey qalbimning sultoni
Meni, xato qilsam hadeb ularni yuzimga solib, mulzam qilavermang, xatolarimni unuting, o‘zimni emas...
Oila a’zolaringizga yomonlamang, ularni mendan ko‘nglilarini qoldirmang...

Ey umrimning podshohi,.
Menga qo‘l ostingizdagi qulingizdek, cho‘ringizdek qaramang, malikangizdek qarang... Boshqa ayollarni menga maqtamang, fazilatlarini aytmang, meni boshqalarga qiyoslamang.
Men — qizg‘onsa, begonasirab, o‘zini ortiqcha his qilib, uzoqlashadigan, yuragi muzlaydigan, nafrati qo‘ziydigan hilidanman...

Ey hayotimning homiysi..
Ishga ketayotganingizda, ko‘chaga shoshayotganingizda, men bilan quyuq xayrlashing. Baqirib-chaqirib uyni tark etmang. Chunki siz kun davomidagi kayfiyatimning omilisiz. Siz ko‘chada insonlar bilan ovora bo‘lib, meni unutishingiz mumkin, ammo mening sizdan boshqa ko‘nglimni hushlaguvchi yo‘q...

Ey ko‘nglimning ko‘chasini yashil bog‘chasi... Men ko‘chadan kelishingizni to‘rt ko‘z bilan kutaman, ko‘chadan kelib meni e’tiborsiz qoldirmang. Kichkinagina bo‘lsa ham shirinlik qistirib keling qo‘ltig‘ingizga. Chunki men muhabbatni hadyalar bilan his qiladigan fitratda yaratilganman.

Ey jannatimning rahbari...
Menga so‘kinishlar bilan, haqoratlar bilan, yomon hulqli ayollarga ishlatiladigan so‘zlar bilan tanbeh bermang, chunki men muslimaman, farzandlaringizni onasiman, qalbim so‘kishlarga o‘rganib, beparda so‘zlardan iymanmaydigan, hulqi buzuq ayolga aylanib qolmay. Quloqlarimni fahshdan qutqaring, unga o‘rgatib qo‘ymang. Siz menga qilayotgan muomalani men farzandlarimga qilaman.
Men sizning, farzandlarimiz esa mening takrorimdir...
@AnsoriyaMuhammadFM
556 views Hojiya , 18:48
Ochish/sharhlash