Get Mystery Box with random crypto!

​​Ahmoq boshliqqa ishlashdan ahmoq boshliqqa aylanish Aksar k | Ansor | blog

​​Ahmoq boshliqqa ishlashdan ahmoq boshliqqa aylanish

Aksar kichik bizneslar Maykl Gerberning "Elektron miflar" nomli kitobida tilga olingan tuzoqqa tushib qoladi. Bu shunday tuzoqki, unga koʻra mutaxassis, masalan, santexnik, sartarosh, tish shifokori va shunga oʻxshagan oʻz ishining ustalarida, Gerberning taʼbiri bilan aytganda, "tadbirkorlik tutqanogʻi" degan kasallik boʻladi. U: "Nega shu ahmoq boshliqqa ishlayapman? Men oʻz ishimning ustasi boʻlsam. Yaxshisi, oʻz biznesimni ochaman", - deb oʻylay boshlaydi.
Bu kichik biznesda eng keng tarqalgan xatolardan biridir. Ular ahmoq boshliqqa ishlashdan ahmoq boshliqqa aylanish tomon shaxdam qadam tashlaydi. Bunda
eng muhim jihat shundaki, oʻz ishining ustasi boʻlish - oʻsha biznesda ham usta boʻlish degani emas.

Allan Dib, "Bir varaqli marketing reja" kitobidan

@Ansor_blog