Get Mystery Box with random crypto!

​​​​#Iqtibos Dunyo bilan inson qo’l bilan qo’lqop, oyoq bilan | Ansor | blog

​​​​#Iqtibos

Dunyo bilan inson qo’l bilan qo’lqop, oyoq bilan oyoq kiyim kabi edi. Qaysi qo’lqop bir qo’ldan, qaysi oyoq kiyim bir oyoqdan qiymatliroq bo’lishi mumkin? U holda, qo’llari bahosiga qo’lqopni, oyoqlari bahosiga oyoq kiyimni, o’zlarining bahosiga esa dunyoni qo’lga kiritishni hohlaganlar nima qilayotganlarini va qanday bir xato ichida ekanliklarini hech o’ylab ko’rmaydilarmi? Qo’l ketgandan keyin qo’lqopning, oyoq ketgandan keyin oyoq kiyimning, inson ketgandan keyin dunyoning qanday ahamiyati va qanday qiymati qolar edi!
Reklamalarini shayton qilayotgan Dunyomarketda “Qo’lini berganga qo’lqop, oyog’ini berganga oyoq kiyim, umrini berganga dunyo beramiz..” shaklida bir kompaniya bo’lsa, qaysi aqlli inson bu marketga xaridor bo’lardi!.. Hech bir inson, hech bir aqlli inson bu marketga xaridor bo’lmas ekan, bu marketda bir-birlari bilan turtilib-surtilib, bir birlari bilan yonma-yon turgan milliardlarcha inson kim edi? Bular nima qilayotganlarini, nima oldi-berdi qilayotganlarini bilmaydilarmi?

Mehmet Olaqosh, "Devona" kitobidan

@Ansor_blog