Get Mystery Box with random crypto!

​​Temuriy #shahzodalar *SULTON AHMAD MIRZO *(1451 – 1494) – S | O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!

​​Temuriy #shahzodalar

*SULTON AHMAD MIRZO *(1451 – 1494) – Sulton Abu Said Mirzoning katta o‘g‘li bo‘lib, 1451 yilda Samarqandda tug‘ilgan. Onasi Urda Bug‘a tarxonning qizi edi. Sulton Abu Said Mirzoning nufuzli ayollaridan biri bo‘lgan.
1469 yil Sulton Abu Said jangda halok bo‘lgach, Temuriylarning Samarqanddagi hokimiyatini o‘z qo‘liga oldi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo - Sulton Ahmad Mirzoni baland bo‘ylik, qo‘ng‘ir soqollik, qizil yuzlik, lo‘ppi (semiz) kishi edi. Nihoyatda gapdon va xushmuomala bo‘lgan, deya tasvirlaydi. Otasi Sulton Abu Said Mirzo Samarqand va Buxoro viloyatlarini Sulton Ahmad Mirzoga bergan edi. Keyinchalik Toshkent, Shohruhiya va Sayramni o‘z tasarrufiga kiritdi. So‘ngra Toshkent va Sayramni ukasi Umar Shayx Mirzoga bergan edi. Xo‘jand bilan Uratepa ham bir necha muddat Sulton Ahmad Mirzo tasarrufida edi. Sulton Ahmad Mirzoning Samarqanddagi hukmronligi 1494 yilga qadar davom etgan. Uning Xoja Ahrorga ixlosi baland bo‘lib, doim hurmat ko‘rsatar edi. Davlatning muhim ishlarini qonun yo'li bilan hal qilardi. Sulton Ahmad kamondan juda yaxshi o'q uzardi. Shuningdek, u lochin ovining muxlisi ham edi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Web-site