Get Mystery Box with random crypto!

#YANGI NASHR “XV-XVII asrlarda Buxoro arxitektura maktabi” no | O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!

#YANGI NASHR

“XV-XVII asrlarda Buxoro arxitektura maktabi” nomli kitobi nashrdan chiqdi

O‘zR FA Sanʼatshunoslik instituti “Meʼmorlik” bo‘limi mudiri, arxitektura fanlari doktori, professor M.А. Yusupovaning “XV-XVII asrlarda Buxoro arxitektura maktabi” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
Kitobda Buxoro vohasi arxitekturasining gullagan davri (XV-XVII asrlar)dagi evolyutsiya va rivojlanish modellari qiziqarli va tushunarli shaklda o‘rganildi. Kitobda Buxoro arxitekturasining milliy xususiyatlari, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning boshqa mintaqalari arxitekturasining o‘zaro ta’siri ochib berilgan. Muallif tomonidan ilk bora voha meʼmorchiligining tipologik, konstruktiv va dekorativ xususiyatlarini tizimlashtirgan tahliliy jadvallar taqdim etilgan. Kitobda 300 dan ortiq foto, chizmalar, birinchi marta nashr etilgan qator noyob tarixiy va arxiv materiallari berilgan.