Get Mystery Box with random crypto!

ANORBANK dan Timbilding — togʻlar, hamkasblar va ajoyib kayfiy | Карьера в ANORBANK

ANORBANK dan Timbilding — togʻlar, hamkasblar va ajoyib kayfiyatdir

6 va 7 avgust kunlari togʻdagi Panoramic Spa Hotel mehmonxonasida navbatdagi Timbilding boʻlib oʻtgani haqida maʼlum qilmoqchimiz.

Ushbu tadbirda chakana/korporativ biznes va savdo departamentlar xodimlari ishtirok etishdi. Timbildingning asosiy vazifasi — kommunikativ aloqalarni mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bank mahsulot va xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqish.

Qolaversa, aqliy hujum formatida bo'layotgan tadbir barcha xodimlarga juda ham yoqdi. Shunday qilib, butun ANORBANK jamoasi katta qiziqish bilan muhokamalarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Taʼkidlaymiz, doʻstona jamoa va mehnatga boʻlgan toʻgʻri munosabat — muvaffaqiyatli korxonaning kalitidir.

Agar siz bizning doʻstona jamoamizning bir qismi boʻlishni istasangiz, bizga qoʻshiling. Boʻsh ish oʻrinlarini anorbank.uz sayti va https://t.me/anorbankcareers Telegram-kanali orqali kuzatib boring.



Тимбилдинг в ANORBANK - это горы, коллеги и прекрасное настроение

Хотим сообщить, что 6 и 7 августа прошел очередной Тимбилдинг в горном отеле Panoramic Spa Hotel.

В данном мероприятии приняли участие сотрудники департаментов розничного/корпоративного бизнеса и продаж. Основная миссия Тимбилдинга - создание благоприятных условий для укрепления коммуникационных отношений, а также разработка новых идей для улучшения продуктов и услуг банка.

Более того, формат мероприятия - мозговой штурм, особенно полюбился всем. Так, весь коллектив ANORBANK смог принять активное участие в дискуссиях с особым интересом.

Отметим, что дружная команда и правильный настрой - залог успешного предприятия.

Если и вы хотите стать частью нашей дружной команды, тогда присоединяйтесь к нам. Следите за вакансиями на сайте anorbank.uz или в Телеграм-канале https://t.me/anorbankcareers.

#тимбилдинг #HRбрендинг