Marketing haqida afsonalar №5
“Marketing bilan faqatgina marketing boʻlimi shugʻullanadi”
Navbatdagi
xato tushunchaga duch keldik. Marketing faoliyati bilan nafaqat marketing boʻlimi, balki
barcha boʻlimlar shugʻullanishi kerak.
Masalan,
sotuv boʻlimi chiroyli muomala va xizmat koʻrsatish orqali,
buxgalteriya boʻlimi narxlarni optimallashtirish orqali,
boshqaruv boʻlimi xodimlarni toʻgʻri boshqarish va shikoyatlarga oʻz vaqtida javob qaytarishhamda boshqa shu kabi vazifalar yordamida
marketing faoliyatini amalga oshirishi talab etiladi.
Shu oʻrinda, umuman marketolog ishiga
koʻmaklashmasdan faqatgina natijani talab qiluvchi boshliqlar ham oʻz jamoasiga yordam berishlari
talab etiladi.
@anonim_marketolog