Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbek xalq topishmoqlari talabacha talqinda: Otdan baland, i | ꧁☬𝐀𝐧𝐨𝐧𝐢𝐦𝐮𝐬☬꧂

O‘zbek xalq topishmoqlari talabacha talqinda:

Otdan baland, itdan past?

Javobi: o'qish davridagi kontrakt va bitirgandagi oylik maosh.

Teg, desam tegmaydi,
Tegma, desam tegadi?

Javobi: o'qishdan yiqilgan abituriyent qiz.

Chopsa chopilmas,
Bo'lsa bo'linmas.
Kessa kesilmas,
Ko'msa ko'milmas?

Javobi: Talaba

Ismi bor, jismi yo'q?

Javobi: darsda qatnashmasa ham bahosi chiqib ketaveradigan talaba.

Biz edik, biz edik,
O'ttiz ikki qiz edik.
Bir taxtaga tizildik,
Berar berar uzildik?

Javobi: Pedagogikani qizlari.

Yer tagida oltin qoziq?

Javobi: peshonasiga kontrakt asosida o'qishga kirish yozilgan abituriyent!

Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin yozin tinmaydi?

Javobi: postni o'qiyotganlar.
@Anon1mus_blog Personal blog|