Get Mystery Box with random crypto!

​#tonggi_motivatsiya Xotirjamlik – insonning eng katta dushm | Mr_bezori

​#tonggi_motivatsiya

Xotirjamlik – insonning eng katta dushmani!

Dzen ustozi o‘z o‘quvchisini kamondan o‘q uzishga o‘rgatayotgan edi. O‘quvchi kamonni va ikkita o‘qni olib, mashq bajarishga shaylandi. Biroq, Ustoz uning oldiga borib, undan o‘qning birini olib qo‘ydi.

— Nima uchun ikkinchi o‘qimni olib qo‘ydingiz? — so‘radi o‘quvchi.
— Men sendan ikkinchi o‘qingni emas, birinchi o‘qingni olib qo‘ydim, chunki birinchi o‘qing baribir nishonga tegmas edi.
— Ammo nima uchun? — hayrat bilan so‘radi o‘quvchi.
— Chunki o‘q uzayotib, sen zaxirada yana bitta urinish borligini anglab turgan bo‘lar eding, mana shu xotirjamlik, insonning eng katta dushmanidir, — dedi Ustoz.

Yapon rivoyati

@aniq_fikr | to'g'ri qarorlar