Get Mystery Box with random crypto!

Talaba - sutemizuvchilar sinfiga kiradi. 3 ta turi bor: Grand, | .

Talaba - sutemizuvchilar sinfiga kiradi. 3 ta turi bor: Grand, kontrakt va super kontrakt. U asosan 3-4 yil, koʻpi bilan 5-7 yil umr koʻradi. Yer yuzining institut, universitet bor joyda tarqalgan. Faqat mehmonxonalarda uchramaydi. Koʻproq yotoqxonada yashaydi.
Doim tayyor ovqat bilan oziqlanadi; buxanka, rolton va tuxum sevimli taomi. Ovqat manbai stipendiya.
Oʻziga xos xususiyatlari: oʻta itoatkor, har qancha xoʻrliklarga chidamli, 1-2 kun yemay, ichmay, uxlamay yura oladi. Yilda ikki marta ehson qiladi. Soʻz boyligi domlani aldashga yetadi. Regeneratsiyasi kuchli: yillik yoʻqotilgan vaznni yozgi taʼtilda tiklay oladi


#Meni_Aytyabdi