Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro Jautikov Olimpiadasiga ro'yxatdan o'tish boshlandi! U | |Ангрен шахар 6-мактаб | Расмий канал|

Xalqaro Jautikov Olimpiadasiga ro'yxatdan o'tish boshlandi!

Ushbu olimpiada mintaqaviy olimpiada hisoblanadi.
Olimpiadada medal olgan o'quvchilar:
1) XMOga saralashni ikkinchi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi; va
2) o’quvchi va o’qituvchisi moddiy rag’batlantiriladi

O'tkazilish vaqti:
2023-yil 1-10-fevral kunlari

Asosiy tur: 2-3-fevral kunlari bo’lib o’tadi. Har kun 3 ta masala beriladi.

Ajratilgan vaqt: 4,5 soat

O’tkazilish shakli: onlayn (ya’ni O’zbekistonda turib ishtirok etasiz)

Fanlar: Matematika, Fizika, Informatika

Ishtirok etish: har bir ishtirokchi uchun 50$ (pulni tashkiliy qo’mitaga to’laysiz)

Individual ishtirok etish uchun quyidagi formani to’ldiring:

https://izho.kz/additional-team-registration/

Jamoaviy ishtirok etish uchun quyidagi formani to’ldiring:
https://izho.kz/register/

-Jamoa tarkibida 3 nafargacha matematika fanidan, 2 nafargacha fizika fanidan va 2 nafargacha informatika fanidan ishtirokchi bo’lishi kerak!

Ro’yxatdan o’tish va to'lovni amalga oshirish muddati: 2023 yil 9-yanvar

Olimpiada maktab o’quvchilari uchun. Olimpiadadagi savollar qiyinligidan va shaxsiy tajribadan kelib chiqib 8-11-sinf o’quvchilariga qatnashishni maslahat beraman.

Xalqaro Jautikov Olimpiadasining nufuzi ancha yuqori va yuqori natija ko’rsatish ko’plab xalqaro universitetlarga eshik ochadi.

Qo’shimcha ma’lumotni olimpiada tashkiliy qo’mitasining rasmiy vebsahifasi izho.kz dan olishingiz mumkin.

@uzmathcommunity