Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz! | Angliyaga mavsumiy viza

Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

Tashqi mehnat migratsiya agentligi

@KamoliddinRabbimov_rasmiy