Get Mystery Box with random crypto!

“Gud Ibining”, janob Konte “Tottenhem”da ishlar hozircha 1 g | Angliya premyer ligasi | APL

“Gud Ibining”, janob Konte

“Tottenhem”da ishlar hozircha 1 ga 5. Tushuntiraman: Konte shogirdlari so‘nggi 5 ta o‘yinda atigi 1 marta g‘alaba qozondi, xolos. So‘nggi bor g‘alaba ta’mi 12-noyabrda “Lids” mag‘lub etilganda (4:3) his qilingan.

Bu safargi qoqilish sababchisi esa Unai Emeri qo‘l ostidagi “Aston Villa”. Birmengemliklar to‘pni mezbonlarga topshirib (60 ga 40), gollarni esa o‘zlari urdi (2:0). Mister “Gud Ibining”dan janob Kontega alangali yangi yil salomi, xullas.

Hozir boshqa yil. Ammo “Tottenhem” o‘sha-o‘sha. Bu jamoa qachondir sovrin yutsa bilingki, O‘zbekiston terma jamoasi ham mundialga chiqqan bo‘ladi…


@FTAPL- Angliya "Premyer-ligasi" muxlislari uchun yaratilgan kanal!