Get Mystery Box with random crypto!

#addushiYangilik Yana bir muhim yangilik – musiqa sanʼatiga q | ADU San'atshunoslik fakulteti

#addushiYangilik

Yana bir muhim yangilik – musiqa sanʼatiga qiziqishi baland boʻlgan yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab:

maqom xonandaligi, maqom cholgʻu ijrochiligi va baxshichilik yoʻnalishlariga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma toʻlovlari toʻliq davlat tomonidan toʻlab beriladi;

fortepiano ijrochilari tayyorlash boʻyicha qabulni 3 barobarga koʻpaytirib, bu yoʻnalishda ham kontrakt toʻlovlari toʻla qoplab beriladi.

Bundan tashqari, endi texnikumlarga qabul yilda 2 marta tashkil etilib, talabalar uchun davlat granti soni 2 barobarga oshiriladi.

Shuningdek, texnikumlar uchun taʼlim krediti joriy qilinadi va 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish uchun moliyaviy resurs ajratiladi.

Bundan buyon xususiy taʼlim muassasalarida IT boʻyicha oʻqish (dasturlash, veb-dizayner, animatsiya) istagini bildirgan yoshlarga ham 20 million soʻmgacha miqdorda 4 yillik imtiyozli kredit taqdim etiladi”.

@andu_sanatshunoslik