Get Mystery Box with random crypto!

#фойдали_маслаҳатлар Bemorlar uchun kerakli eslatma Prostat | Andrology_uz 🔞

#фойдали_маслаҳатлар

Bemorlar uchun kerakli eslatma
Prostatitni keltirib chiqaruvchi sabablar turlicha bo‘lib, yagona sababni qidirish va uni davolash uchun qaratilgan davo muolajalari kutilgan natijaga olib kelmaydi. Kasallikning klinik belgilari sezilarli bo‘lmasligi mumkin, agar sizda chanoq oralig‘ida og‘riq kuzatilsa, peshob qilish vaqtida yoqimsiz sezgilar bo‘lsa, siydik yo‘lidan ajralishlar kelsa, albatta, urolog bilan maslahatlashing;
prostatit tashxisi kompleks tarzda qo‘yiladi, chunki kasallik turini, kechish bosqichini, asoratlarini va davolash usulini belgilovchi boshqa omillarni e’tiborga olish kerak. Prostatit klinikasi turli bemorlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun to‘g‘ri tashxisni faqat mutaxassis-shifokor qo‘ya oladi;
kasallik kechishi o‘ziga xos bo‘lganligi uchun davolash muolajalari ham o‘ziga xos bo‘ladi. Prostatitning klinik kechishi bir xil emas, ba’zida kasallik qo‘zg‘aladi, ba’zida asoratlar yuzaga keladi, ba’zida yashirin kechishi mumkin. Shu sababdan doimiy shifokor kuzatuvi kerak bo‘ladi;
prostatitni davolash uchun antibiotikni to‘g‘ri tanlash kerak, ularning dozasi va davolash sxemasini har bir bemor uchun individual holda tanlanadi va bu urogenital mikroflorani aniqlagandan keyin amalga oshiriladi;
infeksiyadan qutulish bilangina prostatitni davolab bo‘lmaydi. Prostata bezida qon dimlanishini ham to‘g‘rilash kerak;
prostata bezining patologik o‘zgarishlari o‘ziga xos va turlicha bo‘lganligi uchun ham uni davolovchi universal dori vositasi yo‘q. Shifokor sizga turli dori vositalarini va har xil davo muolajalarini tavsiya qilishi mumkin;
davolash natijasida uzoq vaqtli remissiyaga (surunkali kasallikning bosilishi) erishilgan taqdirda ham, profilaktik tarzda shifokor ko‘rigidan o‘tib turing, chunki kasallik qo‘zgaganda buni siz sezmasligingiz mumkin;
bir necha shifokorlar maslahatini bir vaqtda bajarish to‘g‘ri degan bemorlar yanglishadilar, chunki to‘g‘ri maslahatlar ham ba’zida bir-biriga zid bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kasallikni bir shifokor maslahati asosida davolang;
jinsiy hayot tarzingizni normallashtiring;
davolanish davomida spirtli ichimliklarni iste’mol qilmang, ular prostatitning provokatori hisoblanadi;
tananing sovqotishi qisqa vaqt davomida bo‘lsa ham, kasallikning kuchayishiga olib keladi;
jismoniy mehnat va sport prostatitni davolashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
surunkali ich qotish prostata bezida qon aylanishini buzadi, prostatitning kechishiga va davosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
o‘z vaqtida aniqlangan residiv (kasallik qaytalanishi) yengil davolanadi, shifokoringiz tavsiyasiga remissiya vaqtida ham rioya qiling;
qanday kasallik bo‘lishidan qat’i nazar, to‘g‘ri olib borilgan sog‘lom turmush tarzi va odamning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va optimizm ruhi kasallikdan tez va samarali qutilish garovidir.

@andrology_uz
www.andrology.uz