Get Mystery Box with random crypto!

​#фойдали_маълумотлар ​Azospermiya (azoospermiya) Erkak | Andrology_uz 🔞

​#фойдали_маълумотлар

​Azospermiya (azoospermiya)


Erkak bepushtligining asosiy sababchilardan biri bo'lmish azospermiya (azoospermiya), bugungi kunda dolzarb muammo hisoblanmoqda. Xalqaro Sog'liqni Saqlash Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra bepusht erkaklarning 10%da azospermiya mavjud ekan.
Azospermiya nima degani?
Erkak jinsiy suyuqligida spermatozoidlarning yo'qligi yoki juda kamligiga azospermiya deyiladi.
Azospermiya holatiga nima sabab bo'ladi?
Ko'pincha, u moyak yetishmoqchiligi tufayli yuzaga keladi. Undan tashqari erkak jinsiy yo'llarining ikki tomonlama buzilishi asoratida ham rivojlanishi mumkin. Agar azospermiyaning kelib chiqish sababi aniqlanmasa, u holda noaniq genezga ega azospermiya, degan tashxis qo'yiladi.
Azospermiya turlari:
Azospermiyaning obsturktiv(ekskretor) va noobstruktiv(sekretor) shakllari mavjud. Ular quyidagicha farqlanadi:
Obstruktiv azospermiya:
Gormonal holat normada;
Tuxum razmeri tabiiy ravishda normal;
Erkak jinsiy suyuqligida maxsus tekshiruv natijasida spermatozoid hujayralari aniqlanmaydi;
Urug' o'tuvchi yo'llarda patologik o'zgarish mavjud, bunga quyidagilar sababchi bo'ladi:
Tug'ma kasalliklar, ya'ni tashqi va ichki jinsiy a'zolarning shakllanishida patologiya;
Jinsiy a'zolar yallig'lanishi;
Kichik tos a'zolarda jarrohlik operasiya o'tkazilgani;
Jinsiy va reproduktiv a'zolarda tan jarohati mavjudligi.
Noobstruktiv azospermiya:
Gipogonadizm (erkak jinsiy bezlari faoliyatining yetishmovchiligi);
Jinsiy suyuqlikda oz miqdorda spermatozoid hujayralari mavjud;
Gormonal buzilish;
Bemor anamnezida (tarixida) gen va xromosoma o'zgarish ro'y bergan.
Noobstruktiv azospermiyaning tug'ma bo'lishi sabablaridan biri tuxumning rivojlanishidagi anomaliyalardir. Undan tashqari noobstruktiv azospermiyaga nurlanish, varikosele, alkogol ichimliklar, muzlash va infeksiya sababchi bo'lishi mumkin.
Betartib jinsiy aloqa azospermiyaga olib kelishi mumkin!
Azospermiyaning davolanishi:
Azospermiya turiga va kelib chiqish sababiga ko'ra davolanadi. Bunda jarrohlik yo'li, gormonal terapiya va kerakli dori-vositalar bilan terapiya qo'llaniladi. Ko'p hollarda azospermiya tufayli homilador bo'la olmayotgan juftlikka IKSI muolajasi tavsiya etiladi. Bunda mikrojarrohlik usuli bilan moyakdan sun'iy ravishda spermatozoidlar ajratib olinadi va o'z farzandiga ega bo'lish imkoniyati paydo bo'ladi.

@andrology_uz
www.andrology.uz