Get Mystery Box with random crypto!

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar 15-sentabrgacha ariza b | AndQXAI Yoshlar

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar 15-sentabrgacha ariza bermasa, kontrakt puli to‘lab berilmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat oliygohlarining magistraturasida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning to‘lov-kontraktini davlat budjetidan to‘lab berilishi belgilangan.

Bunda xotin-qizlarning ehtiyojmandligiga qaralmaydi, davlat oliy ta’lim muassasasida o‘qisa hisob — davlat kontraktni to‘lab beradi. Talabgorlar 15-sentabrgacha rektorga ariza berishi kerak, undan kechikkanlarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi va ularning kontrakti qoplab berilmaydi.

Kanalga ulanish
@Nasibjon_Sharofiddinov