Get Mystery Box with random crypto!

Andijon viloyatida yil yakuni sarhisob qilindi. Bugun Andi | ANDIJON VILOYATI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT BOSH BOSHQARMASI

Andijon viloyatida yil yakuni sarhisob qilindi.

Bugun Andijon viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi bo’lib o’tdi.

Unda Sportni rivojlantirish vazir o'rinbosari Arslonov Abdullo Ubaydulloyevich va Viloyat Hokimyat kotibyati muduri Holmirzayev Elyor tuman-shahar sportni rivojlantirish bo’limlari, shuningdek bosh boshqarma sport ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Yigʻilish davomida bosh boshqarma tasarrufidagi sport ta’lim muassasalarining ortda qolib borayotgan joriy 2022 yilda qilingan ishlari sarhisob qilindi. Bunda barcha yo’nalishlar doirasida bosh boshqarma xodimlari tomonidan yil yakuni munosabati bilan hisobotlar o’qib eshittirildi.

Shuningdek Hay'at yig'ilishi vakillari tomonidan mazkur ma’lumotlar yuzasidan bir qator takliflar bildirilib, faoliyat davomida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar bartaraf etilib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni jadallashtirish zarurligi bo’yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.