Get Mystery Box with random crypto!

2022-2023-oʻquv yili uchun professional ta’lim muassasalariga | Andijon JST | Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi ✅

2022-2023-oʻquv yili uchun professional ta’lim muassasalariga sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ular professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Test sinovlari faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun o‘tkaziladi va test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tishda OTMlarga kirish test sinovida to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan va fanlar majmuasi mos bo‘lgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ularga test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shaklantirilmaydi va ular OTMlarga kirish test sinovida to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etadi.