Get Mystery Box with random crypto!

Shahrixonliklarga sayyor xizmat ko‘rsatildi Vazirlar Mahkamasi | Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi (rasmiy kanal)

Shahrixonliklarga sayyor xizmat ko‘rsatildi
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 13 avgustdagi qaroriga asosan viloyatimizning Asaka va Shahrixon tumanlari aholisining turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadida Kadastr agentligining ma’lumotlar bazasida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulk ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari borilmoqda.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan aholining markazga kelishini kutmay, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Kuni kecha Shahrixon tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari Shahrixon mahallasiga maxsus avtobusda borishib, sayyor xizmat ko‘rsatdilar
Sayyor qabul davomida ko‘chmas mulk ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari hamda ishtirokchilarning qiziqtirgan boshqa savollarga javoblar, huquqiy tushunchalar berildi. Shu kunning o‘zida yigirmadan ortiq fuqaroning ko‘chmas mulk ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizalar qabul qilindi.