Get Mystery Box with random crypto!

Baliqchi tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan umumta’lim | Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi (rasmiy kanal)

Baliqchi tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan umumta’lim hamda kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari uchun doimiy ravishda "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Markazning bu galgi mehmonlari 1-son kasb-hunar maktabining raqamli axborotlarni qayta ishlash guruhi o‘quvchilari bo‘ldi.
Mazkur tadbirda o‘quvchilarga mustaqil ravishda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmat turlari bilan bevosita tanishtirildi va kun davomida o‘quvchilar markaz xodimlari bilan birgalikda fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda bevosita ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan ekskursiya shaklidagi tadbirda o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi.
Obuna bo‘ling:
https://t.me/andijondavlatxizmat