Get Mystery Box with random crypto!

#DXA_4_yoshda Bundan toʻrt yil avval, yani 12-dekabr kuni pr | Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi (rasmiy kanal)

#DXA_4_yoshda

Bundan toʻrt yil avval, yani 12-dekabr kuni prezidentimiz tashabbusi bilan davlat xizmatlarini koʻrsatish milliy tizimini tubdan isloh etish sari dadil qadam qoʻyildi.

Uning asosiy vazifalari etib esa, byurokratiya va korrupsiyani oldini olish, xalqimizning davlat organlariga boʻlgan ishonchini oqlash etib belgilandi.

Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarga 160 dan ortiq xizmatni ko‘rsatayotgan Davlat xizmatlari markazlari aholi uchun muhim va kerakli xizmatlarni olishi mumkin boʻlgan joyga aylanishga ulgurdi.

Sohada muammolar va oʻz yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Ammo, DXA jamoasi ularni hal etish va sohani takomillashtirish boʻyicha tinimsiz harakatda.

Agentlikning 4 yilligi munosabati bilan viloyat bo‘ylab “Davlat xizmatlari karvoni” aksiyasi tashkil qilindi.
Obuna bo‘ling
https://t.me/andijondavlatxizmat