Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiq | Андижон вилояти архив иши худудий бошкармаси

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021-yil II yarim yilligida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul qilish jadvaliga asosan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.S.Bekovaning 2021-yil 16-dekabr kuni Karmana tumani davlat arxivida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulga Karmana tumani byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mutaxassisi M.Jumayev taklif etildi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S. S. Bekova va mutasaddilar tomonidan to‘laqonli javoblar va tushuntirishlar berildi.

———
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | OK