Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbek xalqining yangi yil sovg‘alari 1942- yil O‘zbek xalqi f | Андижон вилояти архив иши худудий бошкармаси

O‘zbek xalqining yangi yil sovg‘alari 1942- yil O‘zbek xalqi frontdagi askarlarga yangi yilda sovg‘alar ulashgan. O‘zbeklar o‘z dalalari, bog‘lari mevalarini, zavod maxsulotlarini aniqrog‘i; guruch, bodom, yong'oq, olma, mayiz, uzum, sharob jo‘natib yuborilgani va undan tashqari frontga askarlar uchun 9 mingdan ortiq kalta paltolar, 100 mingdan ortiq qoʻlqoplar, 20 mingdan ortiq kigiz etiklar, 15 ming kilogramm jun va boshqa koʻplab buyumlar shu bilan birga mudofaa fondiga 40 million rubldan ortiq naqd pul, 22 kilogrammdan ortiq oltin va kumush, 2700 sentnerdan ortiq non, 2400 sentnerdan ortiq go‘sht 18 ming dona charm 12 ming dona meva va 50 million so‘mlik zayom obligatsiyalarini yangi yil sovg‘asi sifatida yetkazib berishgan.


Shu kabi ma’lumotlar jamlangan hujjatlar bugungi kunda O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanmoqda.

———
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | OK