Get Mystery Box with random crypto!

#DOLZARB JUMA TABRIGI VA DINIY MASALALARNI TARQATISH ATROFIDA | Andijon namoz vaqtlari 🕟 | taqvim.uz

#DOLZARB

JUMA TABRIGI VA DINIY MASALALARNI TARQATISH ATROFIDAGI GAP-SO‘ZLARGA MUNOSABAT

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, Idora tizimidagi rasmiy veb-saytlar, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi ma’lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday ta’qib yo‘q.

Rasmiy saytlar ro‘yxati bilan quyidagi linkda batafsil tanishishingiz mumkin:
https://taplink.cc/kanallar

Shu o‘rinda rasmiy-diniy saytlar orasida O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz sayti hamda Muftiy hazratlarining @Muftiy_Nuriddin_domla nomi ostidagi sahifalari faoliyatini alohida e’tirof etish lozim.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “AlQuran.uz”ning ijtimoyi tarmoqlardagi sahifalari ham mazkur rasmiy saytlar qatoriga kiradi.

“AlQuran.uz” saytida e’lon qilinayotgan diniy mazmundagi ma’lumotlardan foydalanishingiz va tarqatishing mumkin.

Eslatma shuki, buzg‘unchi oqimlar g‘oyalarini o‘ziga jalb etuvchi musiqiy ohang, fotosurat yoki ramzlar orqali zimdan tarqatishga urinmoqda. Shuning uchun ham ekstremistik g‘oyalarni har qanday shaklda hoh juma tabrigi bo‘lsin, xoh boshqacha atribut yoki surat shaklida bo‘lsin, ularni tarqatish, saqlash va foydalanish qonunan ta’qiqlanadi. Avvalroq tarqatish taqiqlangan ekstrimistik sayt va tarmoqlar ro'yxati e'on qilingan edi.

Shunday ekan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni yana bir bor ogoh va hushyor bo‘lishga chaqiradi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram