Get Mystery Box with random crypto!

ٰ SHAVVOL OYINING RO'ZASI عَنْ أَبِي أَيُّوبَ رَضِيَ اللهُ | Andijon namoz vaqtlari 🕟 | taqvim.uz

ٰ
SHAVVOL OYINING RO'ZASI

عَنْ أَبِي أَيُّوبَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ صَامَ رَمَضَانَ ثُمَّ أَتَبَعَهُ سِتًّا مِنْ شَوَّالٍ كَانَ كَصِيَامِ الدَّهْرِ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ.

Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Ramazon ro'zasini tutib, ketidan Shavvoldan olti kun ro'za tutsa, yil bo'yi ro'za tutgandek bo'ladi», dedilar».

Imom Muslim rivoyatlari

Foyda: Kim Ramazon oyida ro'za tutib, unga shavvol oyidan olti kunni ulasa, go'yoki zamon bo'yi ro'za tutibdi. Chunki Alloh Taolo: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o'n barobar qilib (qaytarilur)», deb aytgan. Demak, bir oy Ramazon o'n oyga to'g'ri kelsa, olti kunimiz o'n barobarga ko'paytirsak, oltmish kun, ya'ni ikki oy bo'ladi. Hammasini qo'sak, o'n ikki oy bo'ladi.

➥ Ulashing! | @andijon_namoz