Get Mystery Box with random crypto!

O'quv Jarayoni

Telegram kanalining logotibi anddu21 — O'quv Jarayoni O
Telegram kanalining logotibi anddu21 — O'quv Jarayoni
Kanal manzili: @anddu21
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 547
Kanalning ta’rifi

@Anddu21

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-26 15:00:31 #Perevod_2022 #Turdosh

Bu yil o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar bilishi kerak bo'lgan hujjat.

Ushbu faylda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun turdosh va noturdosh yo'nalishlar ro'yxati bor. Bir guruhda bo'lsa turdosh har xil guruhlarda bo'lsa noturdosh bo'ladi.

Turdosh yo'nalishlarga perevod qilish uchun pul to'lanmaydi, asosiysi sabab bo'lsa bas. Lekin noturdosh yo'nalishlarga perevod qilish uchun super kontrakt to'lash kerak, asosli sabab bo'lsa ham.

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan esa, faqatgina mos va turdosh yo'nalishlarga o'qishni ko'chirishga ruxsat etiladi.

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
1.8K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-07-15 10:34:15
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha izoh

Xabaringiz bor, bugundan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza qabul qilish boshlandi.

Quyidagi video orqali vazirlik departament rahbari Abduvali Xoliqov o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq muhim o‘zgarishlarni izohladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.1K views07:34
Ochish/sharhlash
2022-07-15 09:40:52 «Перевод» бўйича кенгроқ тушунтириш

Қуйидаги тушунтиришларимиз Президент қарорига асосланган, яъни расмий асосга эга.

Бир давлат ОТМдан бошқа давлат ОТМга ўқишни кўчириш

Бундай ҳолда фақат 2 та вазиятда рухсат берилади:

1) талаба оила қурса ва турмуш ўртоғи доимий яшайдиган ҳудуддаги ОТМга кўчмоқчи бўлса;

2) давлат хизматчиси иш юзасидан бошқа ҳудудга кўчса ва турмуш ўртоғи ёки вояга етмаган фарзандининг ўқишини ўша ҳудудга кўчирмоқчи бўлса (ишга кирган вазирлик хати асосида).

Бошқа ҳолда “ички перевод”га рухсат йўқ. Бошқа ҳудудга ҳам, ўз ҳудудидаги бошқа ОТМга ҳам.

Хориждан ўқишни кўчириш

Бунда ўтган йилги тартиб сақланиб қолган:

1) мос ва турдош йўналишга тест ёки ижодий имтиҳон топширади ҳамда ўтиш балини тўплаш талаб этилади;

2) ўтиш балини тўплай олмаса, супер-контракт шартлари асосида ўқишини кўчиришга рухсат берилади;

3) хориждан мос ва турдош бўлмаган йўналишга ўқишни кўчиришга рухсат берилмайди.

Ўзбекистондаги хорижий ва нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчириш

Бунда ҳам ўтган йилги эскича тартиб сақланиб қолган:

1) мос ва турдош йўналишга тест ёки ижодий имтиҳон топширади ҳамда ўтиш балини тўплаш талаб этилади;

2) ўтиш балини тўплай олмаса, супер-контракт шартлари асосида ўқишини кўчиришга рухсат берилади;

3) мос ва турдош бўлмаган йўналиш учун эса бир марталик "супер-контракт" тўлаб кўчириши мумкин.

Давлат ОТМдан нодавлат ОТМга ўқишни кўчириш

Буни давлат назорат қилмайди, бунинг тартибини нодавлат ОТМларнинг ўзи мустақил белгилайди. Нодавлат ОТМга ўқишни кўчириш мумкин ёки мумкин эмаслигини ўша ОТМнинг ўзидан аниқлаштиринг.

Нодавлат ОТМдан нодавлат ОТМга ўқишни кўчириш

Буни ҳам давлат назорат қилмайди, тартибини кўчирмоқчи бўлинаётган нодавлат ОТМдан аниқлаштириш керак.

Хориждан нодавлат ОТМга ўқишни кўчириш

Буни ҳам давлат назорат қилмайди, тартибини кўчирмоқчи бўлинаётган нодавлат ОТМдан аниқлаштириш керак.


@xushnudbek
1.9K views06:40
Ochish/sharhlash
2022-07-15 08:44:50 ​​#O‘qishni_ko‘chirish

Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha _(shu kuni ham)_ davom etadi.

Kerakli hujjatlar
:
ariza (onlayn tarzda)
transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
akademik ma’lumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).

Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Ogoh bo‘ling, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba oʻtish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot

@eduuz
1.4K views05:44
Ochish/sharhlash
2022-07-15 07:57:53 O'quv Jarayoni pinned « Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim …»
04:57
Ochish/sharhlash
2022-07-15 07:51:52 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, o‘tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

@Anddu21
2.3K views04:51
Ochish/sharhlash
2022-06-29 13:29:27
#ОВОЗЛИ_ЧАТ

Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг @uza_uz телеграм каналида 30 июнь куни, соат 12:30 да Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мутахассислари билан "Ўқишни кўчириш ҳамда бу йил ОТМга киришдаги имтиёзлар" мавзусида ОВОЗЛИ ЧАТ ўтказилади.

Ушбу мавзу юзасидан саволларингиз бўлса
(https://t.me/uza_uz/61544) қуйида қолдиринг.

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
814 views10:29
Ochish/sharhlash
2022-06-22 10:03:00 #Qabul2022
#Abituriyent2022


Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
1.3K views07:03
Ochish/sharhlash
2022-06-21 14:50:17 Ma'lumot uchun
O'qishni ko'chirish uchun hujjatlar qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi.
1.4K viewsedited  11:50
Ochish/sharhlash
2022-06-20 22:27:36 Abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi

Roʻyxatdan oʻtkazish 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatga olish 10-iyulgacha (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Roʻyxatga olish DTMning rasmiy veb-sayti – my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.

@kunonline
1.2K views19:27
Ochish/sharhlash