Get Mystery Box with random crypto!

Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim

Telegram kanalining logotibi anatomiya_uz — Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim A
Telegram kanalining logotibi anatomiya_uz — Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim
Kanal manzili: @anatomiya_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.09K
Kanalning ta’rifi

𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥 𝐭𝐢𝐛𝐛𝐢𝐲𝐨𝐭 𝐨𝐥𝐢𝐲𝐠𝐨𝐡𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐭𝐚𝐥𝐚𝐛𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐦𝐨‘𝐥𝐣𝐚𝐥𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧.
O‘quv kursimiz: @Anatomiya_oquv_kursi
Media baza: @Tibbiyot_103bot
Reklama xizmati: @Med_reklama
Ma'lumot ulashilganda manba ko‘rsatilsin.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 40

2022-09-01 16:14:23
𝙱𝙸𝚉𝙳𝙰 𝚈𝙰𝙽𝙶𝙸𝙻𝙸𝙺

Ko'pchilik talabalarda patologiyani o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarning asosiy sababi - organizmda kechuvchi normal fiziologik jarayonlarni mukammal bilmaslikdadir.

Bizda bunga yechim bor! Endilikda siz "Rakhmatovs Courses" orqali nafaqat ꜰɪᴢɪᴏʟᴏɢɪʏᴀ, balki unga parallel ravishda ᴘᴀᴛᴏʟᴏɢɪʏᴀɴɪ ham o‘rganish imkoniyatiga egasiz .

Imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kelajagini oʻzi qurayotganlar safida boʻling!

Kurs haqida to'liq ma'lumot uchun:
@rakhmatovs_online_courses

Kursga yozilish uchun: @Rakhmatovs_administrator ga anketani to'ldirib murojaat qiling!

Telegram | YouTube | Instagram
2.0K viewsМуродилла Михлиев, 13:14
Ochish/sharhlash
2022-09-01 16:11:49 Kanalimizga (hozircha) tartib bilan joylangan materiallar mundarijasi:

✓ Osteologiya bo‘limi videodarslari

✓ Kalla (miya qismi) skeleti videodarslari

✓ Artrologiya bo‘limi videodarslari

✓ Miologiyaga oid qo‘llanmalar

✓ Splanxnologiya (hozircha tartibsiz)

✓ Nafas organlari anatomiyasi

✓ Angiologiyaga oid videodarslar

✓ Nevrologiya bo‘limi qo‘llanmalari

✓ Bosh miya juft nervlari

✓ Nerv chigallari anatomiyasi

Ko‘k yozuv ustiga bossangiz, kerakli mavzuga o‘tkazib beradi.

━━━━━━━━━━━━━━

"𝐀𝐧𝐚𝐭𝐨𝐦𝐢𝐲𝐚.𝐮𝐳" ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Instagram | Youtube
1.9K viewsМуродилла Михлиев, 13:11
Ochish/sharhlash
2022-08-31 22:01:39
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
626 viewsMedPosting+, 19:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:06:44 @Tibbiyot_103bot — universal baza!

Istalgan tibbiyotga oid materiallarning eng yirik jamlanmasi!
1.3K viewsМуродилла Михлиев, 17:06
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:53:28 Anatomiya atlas (1-tom)
Sinelnikov
2015
O‘zbek

#Darslik

@ANATOMIYA_UZ
2.1K viewsМуродилла Михлиев, 12:53
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:01:20 OG‘IZ BO‘SHLIG‘IDAGI BEZLAR HAQIDA

Og‘iz bo‘shlig‘ida hazm jarayonida faol ishtirok etuvchi katta va kichik bezlar bo‘ladi.

Mayda so‘lak bezlariga quyidagilarni kiritamiz:
— til bezlari
— lab bezlari
— lunj bezlari
— tanglay bezlari.
Bu bezlar og‘iz bo‘shlig‘ining hamma devorlarida (lab burchaklaridan tashqari), shilliq qavat ostida bo‘ladi.

Bezlar ishlab chiqaradigan suyuqligi tarkibiga ko‘ra ham bir necha turga bo‘linadi:
1. Seroz (oqsil tarkibli) bezlar — quloq oldi bezi;
2. So‘lak (shilliq tarkibli) bezlar — tanglay, til bezlari;
3. Aralash tarkibli bezlar — lab, lunj va tilning oldingi qismidagi bezlar.

Og‘iz bo‘shlig‘idagi katta so‘lak bezlari 3 ta:
— Quloq oldi bezi
— Jag‘ osti bezi
— Til osti bezi.

Quloq oldi bezi (rasmda)

Yumshoq, pushti rangdagi alohida bo‘lakchalardan iborat bez. Og‘irligi 25-30 g. Yuz terisi ostida qisman chaynov muskuli (m. masseter) ni ustidan qoplab turadi.

Bez bo‘lakchalarining alohida naychalari qo‘shilib, yagona markaziy nay orqali yuqori jag‘dagi ikkinchi katta oziq tishlar qarshisida, lunj shilliq qavatiga ochiladi.

Jag‘ osti bezi (rasmda, yashil rang bilan)

Quloq oldi bezidan biroz kichik, og‘irligi o‘rtacha 15 g bo‘lgan cho‘zinchoq tuxum shaklli bez. Bo‘yin old sohasidagi jag‘ osti uchburchagi (trigonum submandibulare)da joylashgan. Pishiq kapsula bilan qoplangan. Bezning nayi til ostidagi yugancha (frenulum sublingualis)ning ikki yon tarafi (caruncula sublingualis)da ochiladi.

Til osti bezi (rasmda, yashil rang bilan)

Katta so‘lak bezlarining eng kichigi. Og‘irligi o‘rtacha 5 g. Pastki jag‘ suyagi orqa yuzasidagi til osti chuqurchasi (fossa sublingualis)da, jag‘-til osti mushagi (m. mylohyoideus, yashil rangda)ning ustida joylashadi.

Alohida bo‘lakchalardan iborat bo‘ladi. Bo‘lakchalar naylari qo‘shilib katta va kichik 2 ta umumiy nay hosil qiladi. Kattasi jag‘ osti bezi bilan qo‘shilib yoki alohida borib til osti yuganchasining ikki yoniga ochiladi. Mayda naychalari esa til ostidagi burma (plica sublingualis)ga ochiladi.

Yangi tug‘ilgan bolalarda so‘lak bezlari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bezlarning jadal o‘sishi 5 oylikdan 2 yoshgacha davrda kuzatilib, fiziologik ravishda bolada ko‘proq so‘lak oqishi kuzatiladi.

#Bez
#Solak_bezlari
#Splanxnologiya

@ANATOMIYA_UZ
2.6K viewsМуродилла Михлиев, 04:01
Ochish/sharhlash
2022-08-30 20:00:32 Tibbiyot instituti talabalari uchun o‘quv yili boshlanish arafasida sohaga oid foydali kanallar ro‘yxatini sizga taqdim etamiz:

@MedicalBook_uz — O‘zbek va xorijiy tillardagi tibbiy adabiyotlarning eng sifatli elektron bazasi;

@Mediclar_Blogi — oʻzgacha tibosfera, personal blog;

@Patfiziologiya — organizm fiziologiyasining o‘zgarishlarini shu kanaldan o‘rganing;

@Dori_Tv — dorilar haqida batafsil va kerakli ma'lumotlar jamlanmasi;

@Anatomiya_uz — anatomiya fanidan video, audio va sifatli prezentatsiyalarning eng yirik kanali;

@Soglom_uz_kasallikuz_tibbiyot_uz - salomatlik sari yoʻl;

@Jarrohlik_Uz - jarrohlikga oid qiziqarli ma'lumotlar, videolavhalar. Haqiqiy jarrohlik atmosferasini his eting;

@OXTA_baza — Operativ xirurgiya va topografik anatomiya bo‘yicha o‘zbek tilidagi yagona elektron baza;

@Meditsina_uz — salomatlikka oid barcha kerakli va foydali tavsiyalar. Sog‘lom bo‘lay desangiz qo‘shiling;

@Mehribon_Shifokor — sizning ko'zingizni zamonaviy tibbiyotga ochib beradi;

@Kasalliklar_uz — istalgan kasallik haqida videodars topishingiz mumkin bo‘lgan kanal;

@Andrology_uz — bo‘ydoqlar uchun foydali kanal, bu zararli ishlar jinsiy hayotingizni izdan chiqaradi, kanalga tashrif buyuring.

Guruhingizga yuborib qo‘ying.
Hammaga kerakli va foydali kanallar.
1.6K viewsМуродилла Михлиев, 17:00
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:29:00 Fanlarni mustaqil, tartib bilan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz @Tibbiyot_103bot'imizni tavsiya qilaman. Telegramdagi eng katta tibbiy baza.
2.2K viewsМуродилла Михлиев, 06:29
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:27:57 Fanlarni mustaqil, tartib bilan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz @Tibbiyot_103bot'imizni tavsiya qilaman.

Telegramdagi eng katta tibbiy baza.
2.2K viewsМуродилла Михлиев, 06:27
Ochish/sharhlash
2022-08-29 06:54:07
Statistika:

Kanallarimizni qaysi OTM talabalari kuzatmoqdalar?
Anonymous Poll
20%
Toshkent tibbiyot akademiyasi
12%
Toshkent tibbiyot akademiyasi filiallari (TTA UF / TTA TF)
4%
Toshkent farmatsevtika instituti / Toshkent davlat stomatologiya instituti
10%
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
17%
Andijon davlat tibbiyot instituti
6%
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
14%
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
9%
Buxoro davlat tibbiyot instituti
4%
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
4%
Davlat universitetlarining tibbiyot fakultetlari
3.1K voters2.0K viewsМуродилла Михлиев, 03:54
Ochish/sharhlash