Get Mystery Box with random crypto!

BO‘G‘IM TURLARI: 1. Oddiy bo‘g‘imlar (articulatio simplexa) — | Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim

BO‘G‘IM TURLARI:

1. Oddiy bo‘g‘imlar (articulatio simplexa) — ikkita suyakning birlashuvidan hosil bo‘lgan bo‘g‘im (masalan, yelka bo‘g‘imi, falangalararo bo‘g‘imlar).

2. Murakkab bo‘g‘imlar (articulatio composita) — uch va undan ko‘p suyaklarning birikishidan hosil bo‘lgan bo‘g‘im (masalan, yelka suyagi hamda bilak va tirsak suyaklarining o‘zaro birikishi).

3. Kompleks bo‘g‘imlar (articulatio complexa) — bo‘g‘im bo‘shlig‘i ichida tog‘ay plastinka bor bo‘g‘imlar (masalan, tizza bo‘g‘imi).

4. Hamkor (kombinirlangan) bo‘g‘imlar — anatomik jihatdan alohida, lekin bajaradigan vazifasi umumiy bo‘lgan (bir vaqtda ish bajaradigan) bo‘g‘imlar (masalan, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi).

#Bogim
#Artrologiya

@ANATOMIYA_UZ