Get Mystery Box with random crypto!

#Anatomiyaga_aloqasi_bor Antropolog Margaret Middan bir talab | Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim

#Anatomiyaga_aloqasi_bor

Antropolog Margaret Middan bir talaba: “Qadimgi madaniyatlarda sivilizatsiyaning eng birinchi belgisi nima boʻlgan”? – deb soʻraydi. Talaba antropologdan qarmoqlar, tegirmon toshlari yoki sopol idishlar deyishini kutadi, lekin javob boshqacharoq boʻladi.

Margaret Midga koʻra, qadimgi madaniyatda sivilizatsiyaning birinchi belgisi — sinib, keyin tuzalgan son suyagi boʻlgan ekan.

“Hayvonlar dunyosida suyak sinishi oʻlimni anglatgan. Suyagi singan hayvon suv ichgani daryoga bora olmagan, yemish uchun ov qilolmagan, xavfdan himoyalana olmay boshqa hayvonlarning oʻljasiga aylangan. Hech qaysi hayvon suyagi sinib, tuzalib ketguniga qadar yashab ketolmagan, chunki singan suyakning bitishi uzoq vaqt talab qiladi.

Singan son suyagining tuzalgani, bemorning yonida kimdir boʻlib, uning jarohatini bogʻlagani, xavf-xatar paytida xavfsiz hududga koʻtarib borgani va tuzalguniga qadar uning issiq-sovugʻidan xabardor boʻlib turganini anglatadi. Birovga qiynalgan paytida yordam berish sivilizatsiyaning ibtidosi”, – deb oʻz fikrini izohlaydi antropolog.


Xulosa oʻzingizdan.

Intellect club

@ANATOMIYA_UZ