Get Mystery Box with random crypto!

Leonardo da Vinchi (1452-1519) - o‘z davrining buyuk arbobi, r | Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim

Leonardo da Vinchi (1452-1519) - o‘z davrining buyuk arbobi, rassom, injener, faylasuf.

U anatomiya bilan maxsus shug‘ullanmagan bo‘lsa ham, chizadigan rasmlari (odamlarning suratlari) to‘g‘ri va aniq chiqishi uchun 30 dan ortiq murdani kesib, suyaklari, mushaklari va ichki a’zolarini o‘rgangan, ularning rasmlarini chizgan.

Leonardo da Vinchi birinchi bo‘lib odam organizmidagi ayrim a’zolarning, chunonchi, dumg‘aza suyagi, umurtqa pog‘onasining bukilgan qismlari, juda ko‘p mushaklar, ichki a’zolar, yurak qopqoqlari (klapanlari), to‘siqlari, bosh va orqa miya, miya qorinchalari, bir qancha nervlar, ko‘z rasmlarini chizgan. Leonardo da Vinchi hayvonot va odam anatomiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan va plastik anatomiyaga asos solgan olimdir.

#Tarix

@ANATOMIYA_UZ