Get Mystery Box with random crypto!

Ona duosi 1. Hayot biz o‘ylagandan ancha qisqa, orzular qilam | 💎ANATOMIYA💎off asmi🇺🇿

Ona duosi

1. Hayot biz o‘ylagandan ancha qisqa, orzular qilamiz, yaxshi yashash yaxshi pul topish to‘g‘risida o‘ylaymiz, ammo bizni dunyoga keltirgan onaizor yoshlari o‘tib borayotgani haqida hech o‘ylamaymiz.

2. Ish topamiz, yaxshi maosh olamiz, sevimli mashinamizni sotib olamiz, vaqt soati kelib uylanamiz, lek yemay yedirgan, kiymay kiydirgan onaizorimiz haqida o‘ylamaymiz.

3. Har oyda yangi kiyim olamizu, ammo 3-4 yildan beri bir kiyimda yurgan ona yodga kelmaydi.

4. Vaqt o‘tadi, daraxtlar barglari to‘kiladi, onamiz sochlariga oq tushib, ko‘zlari xiralashib qoladi. Biz esa suyukli xotinimizni o‘ylash bilan yashaymiz.

5. Bolalik chog‘laringizni eslang, sizga biror narsa bo‘lsa, atrofingizda girdi kapalak bo‘lgan, kech qolsangiz eng ko‘p xavotir olgan, sizni o‘zidan ko‘proq suygan - onajoningiz.

6. Jannat - onalar oyog‘i ostida deb bejizga aytilmagan, pulni qayta topa olasiz, xotinni boshqa topa olasiz ammo onani emas.

7. Ona duosini olib yashang, omadingiz o‘z - o‘zidan eshik qoqadi.

#lifestyle
https://t.me/vaqtqadr_li