Get Mystery Box with random crypto!

​​Erkinlik Iliq yoz kunlarining birida, havodan bahramand bo | Dostonbek Komilov | Rasmiy Blog

​​Erkinlik

Iliq yoz kunlarining birida, havodan bahramand bo'lib yotgan faylasuf Diogenes oldiga o'z davrning eng qudratli qiroli Aleksandr Buyuk (Makedonskiy) keladi va o'ta kambag'al Diogenesga "istagan narsangni so'ra" deydi.

Diogenes istagan narsasini qo'lga kiritishi mumkin edi. Lekin tarixga muhrlanib qoladigan narsani so'raydi: Ustimda turib quyoshni to'sishni bas qil.

O'z muhimliligini doim his qildirishga o'rgangan Aleksandr uchun bu naqadar katta zarba bo'lganini tasavvur qilish qiyin emas.

Lekin bizni xulosamiz boshqacha. Erkinlik sen o'ylaganingdek boylik, mashhurlik, katta biznes, tashqi ko'rinish orqali kelmaydi. Bu narsalar ichingdagi bezovtaliklarni ham ketkaza olmaydi.

Haqiqiy erkinlik dunyo matohlarini quvlashni to'xtagan kuningdan boshlanadi. Odamlar seni pul, dunyo matohlari orqali qiziqtira olmasliklarini tushungach senga yuqoridan qaray olmay qolishadi.

Biron nima qildirishlari uchun esa maqsadlaringga mos taklif berishni boshlashadi.

-Pul yo'lida harakat qilma, maqsadlar yo'lida harakat qil, mehnat bor joyda albatta pul bo'ladi.

-Biron ishni tanlayotganda mablag'iga emas, o'rganishing mumkin bo'lgan narsalarga e'tibor ber. Kapital doim ilm(tajriba)ni izlab yuradi, teskarisi emas.

-Odamlardan hech nima so'rama, Allohdan so'ra. Duoing qabul bo'lsa, odamlar o'zlari seni qidirib berib ketishadi.

TikTok algoritmlarini mendan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz:

Aloqa: @Dostonbek_K

Murojaat qilishingiz mumkin.