Get Mystery Box with random crypto!

Bir kishini tanir edim. U kishi umuman yomon inson edi, har ta | Anashunaqa gaplar)

Bir kishini tanir edim. U kishi umuman yomon inson edi, har taraflama. Oradan vaqtlar o'tdi, qandaydir bu kishi yaxshi tomonga o'zgarib qoldi. Atrofidagilar hayron qolar va buni sirini tushunmas edi. O'zgarishining sababiga odamlar judayam qiziqgach, u kishining o'zi bu sirni ochdi:

"Bir kuni moshinamda ketayotsam, bir yoshi ulug' onaxon yo'l chetida turib moshina to'xtatar edi. Hech kim to'xtamagach, yo'lim shu yoqda edi shu onaxonni manziliga eltib qo'ymoqchi bo'ldim. Aytilgan joyga yetib keldik. Boyagi onaxon menga yo'l haqqi bermoqchi bo'ldi, lekin g'ururim baland emasmi "men haydovchi emasman, tushib ketavering" deb, pulni olmadim. Shunda onaxon qo'llarini keng ochib, duo qila boshladi: "ilohim farzandlaringiz ham, kelin-u, kuyovlaringiz ham o'zingiz kabi insonlar bo'lsin. Katta raxmat, o'g'lim" deya duoni yakunlab, moshinadan tushib ketti. Duoga ochgan qo'lim ochiqlik bo'yi qoldi, "Omin" yoki "aytganiz kelsin" deya olmadim. Shu kundan boshlab esa o'zgarishga qattiq kirishdim. Mana siri nimada.


Ertalab moshina radiosida shu hikoyani eshitib keldim. Ohirigacha eshitib olay deb, hatto, to'xtash manzilimdan ham o'tib kettim. Hikoyani yakunlar ekan boshlovchi:
"Hammaning farzandi, kelin-kuyovi o'ziga o'xshagan bo'lsin- deya turib, -qani Omin deya olasizmi?" so'zlarini ham qo'shimcha qildi. "Omin" deya olmadim...

P/S: Sizchi? Siz deya olasizmi?
Boshqalarga ham tarqating, zero barchamiz qo'rqmasdan "Omin" deya olaylik

#pretty
@ana_shunaqa_gaplar