Get Mystery Box with random crypto!

Soliha qiz odobi goʻzal aslida Solixa qiz bòlishi kerak sari | 𝑨𝒏 𝑵𝒊𝒔𝒂 | النسآء

Soliha qiz odobi goʻzal aslida

Solixa qiz bòlishi kerak sarishta
Bismillohni aytar har qilgan ishida
Shuning uchun unga hamrox farishta
Solixa qiz odobi gòzal aslida...

Nomahram nigohidan asranib òrab hijobni
Qilmmaydi xech Alloh man etgan ishni
Kòzlarga tik boqib aytmaydi yolģon
Solixa qiz odobi gòzal aslida...

Qur'on òqib joynomozga etar sajida
Allohga bor yaqinlik tan-u qalbida
Shukur qilar sabr qilar har bir kunida
Solixa qiz odobi gòzal aslida...

Erta azonda turar bomdod namozin òqar
Yaqinlarning haqqiga gòzal duolar qilar
Alloh deya yuragi jonsarak urar
Solixa qiz odobi gòzal aslida...

Tana kòrinar darajada kiymas liboslar
Chiqmas tilidan aslo hayosiz sòzlar
Begonaga tik boqmas hattoki kòzlar
Solixa qiz odobi gòzal aslida...

Boshidagi ròmoli jannat kaliti asli
Dòzax eshigin yopar kelganda vaqt soati
Ularning yuzida Allohning bor nuri
Solixa qiz odobi gòzal aslida...

Tunda koʻcha kezib yurmaydi aslo
Uning qalbidan joy olgan or nomus hayo
Yuzlarin pardoz qilib bermaydi oro
Soliha qiz odobi goʻzal aslida.
..

@an_nisa18