Get Mystery Box with random crypto!

JIDDU-JAHD EТISH, ТA’LIMU-RIYOZAТGA BARDAVOM BO’LMOQ VA HIMMAТ | 𝑨𝒏 𝑵𝒊𝒔𝒂 | النسآء

JIDDU-JAHD EТISH, ТA’LIMU-RIYOZAТGA BARDAVOM BO’LMOQ VA HIMMAТU G’AYRAТ HAQIDA

Bir mashaqqatga ikki yengillik beraman,- degan ma’noda Qur’oni karimda Allohning va’dasi bor.

Shubhasiz, talaba ilmga jiddiylik bilan yondoshi-shi va ta’lim olish hamda riyozatga berilishi, unda bardavom bo’lishi, himmat-g’ayratlik, chaqqon va harakatchan bo’lishi kerak. Ushbu sifatlarni egallash ke-rakligiga mana bu oyati karima ishora qiladi:
«-Bizning ko’rsatmalarni amalga oshirishda biz uchun (Alloh roziligi yo’lida) jiddi-jahd qilganlarni, samimiy harakat qilganlarni haq yo’llarimizga hidoyat qilib ko’yamiz». Ya’ni, Alloh bu oyatida o’zining roziligini niyat qilgan holda sa’y-harakat qilganlarni ma-qsadlariga erishtiraman, - deb va’da qildi.

Faqat shayton noumid, inson esa say’-harakatlarining natijasiga albatta erishadi. Mashoyixlarimiz bu hakda shunday deganlar:
Kim biron narsani talab qilsa, unga erishish yo’l-yo’riqlarini izlasa va bu ishida jiddiy kirishsa, talab qilgan niyatiga erishadi. Kim eshikni taqillatsa va qat’iyatlik ko’rsatsa, shu eshikdan kiradi. Ya’ni, oxiri javob oladi. Chunki, har ishga jiddiy kirishilsa, uning samarasiga erishiladi.

Yana debdilarki, orzu-umidlarga chekkan mashaqqatlarning mikdoricha yetasan. Dono xalqimizning:
«Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Тoqqa chiqmasang, do’lona qayda?!» - degan purhikmat so’zlari ham bu fikrni qo’llab quvvatlaydi. Inson orzulari sari intilmog’i, yo’lidagi to’g’anoq, aziyat va qiyinchiliklarni yengish uchun yeng shimarib, sa’y-harakatga kirishmog’i kerak bo’lar ekan.

Ba’zi manbalarda, har qanday maqsad sari qadam bosishda va komil sifat egasi bo’lib yetishishda uch toifa kishilarni sa’yu harakati, sabru matonati va qiziqishi, intilishi zarur bo’ladi,- deyilgan. Birinchisi mutaap-lim o’rganuvchi, ya’ni shogirdga va ikkinchi ustozga hamda uchinchisi ota-onasiga bog’likdir. Modomiki, ular hayot bo’lsalar, hammalarining ehtimomlari bilan kishi o’zining maqsadlariga erishishi mumkin. Zero, ilmu-hunar o’rganmoqqa zavq, intilish borligi, munosib ustozni topa bilishi, ota-onaning hayot bo’lishlari Allohning bandaga bergan juda ulug’ ne’matlaridandir.

Shayxul Islom, buyuk imom, ustoz Sadiduddin Sheroziy ash-Shofeiy hazratlari:

Qimirlagan qir oshar, derlar
Ham tinmagan tinar, derlar.
Mushkilotni jiddiylik ketkizar,
Har uzoqlarni uzog’in ketkizar.
Haq,- dedilar: intilganga tole’ yor,
Har makonda ochiq eshik bor.


Jiddiylik, qat’iyyatlik har qanday va har bir uzoq, mushkil ishni amalgaoshiradi, uni yaqinlashtiradi, yopiq eshiklarni ochadi.

@an_nisa18