Get Mystery Box with random crypto!

Rasuli Akram, sollalllohu alayhi va sallam, Muoz ibn Jabalni Y | Yurak Amri

Rasuli Akram, sollalllohu alayhi va sallam, Muoz ibn Jabalni Yamanga jo‘natayotganlarida Muoz: “Ey Allohning payg‘ambari, menga vasiyat qiling”, dedi. Shunda Payg‘ambar, alayhissalom, tillariga ishora qildilar (ya’ni, tilingni saqlagil, degandek). Muoz ibn Jabal buni oson sanab: “Ey Allohning rasuli, vasiyat qiling”, dedi. Shunda Rasulluloh, sollalllohu alayhi va sallam: “Onang seni yo‘qotib qo‘ygur, Muoz, odamlarning yuzlari bilan do‘zaxga tushishlariga sabab tillarining yomonligidandir”, dedilar.!
insonni jannatga yetaklovchi ham, do‘zaxga olib boruvchi ham tildir. Haq taolo barchalarimizni tilimiz tufayli boshga keladigan musibatlardan asrasin, Kur’on tilovatida, zikru ibodatda bardavom qilsin, O‘zining visolidan benasib etmasin, omin!