Get Mystery Box with random crypto!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytganlarki: «Har b | Yurak Amri

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytganlarki: «Har bir dinning xulqi bor. Islomning xulqi hayodir».
Bugun kundalik hayotimizga nazar soladigan bo‘lsak, oilaviy munosabatlarda, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarida, bozordagi jarayonlarda hayo ko‘tarilgandek. Bozordagi ayrimlarning, ko‘chada o‘ynab yurgan bolakayning og‘zidan chiqayotgan so‘z kishini hayratga soladi. Hayo haqida so‘z ketganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning bir so‘zlarini eslash lozim: «Sizlar, avvalo, Allohdan hayo qilinglar. Alloh taolo hammadan ham hayo qilinishga munosibroqdir».
Sahobai kiromlardan ayrimlari Rasulullohdan nasihat qilishini so‘raganlarida, Payg‘ambarimiz: «Hatto yolg‘iz bo‘lganingda ham yalang‘och bo‘lma», – dedilar. Sahobalar: «Agar atrofda hech kim bo‘lmasa-chi?» deya so‘radilar. Shunda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Alloh ko‘rib turibdi-ku. Alloh taolo hayo qilishingga eng haqli Zot», deya javob berdilar.