Get Mystery Box with random crypto!

Alloh taolo qiyinchilik va musibatlar orqali bizni iymonimizni | Yurak Amri

Alloh taolo qiyinchilik va musibatlar orqali bizni iymonimizni sinaydi. Mol-mulkning kasodga uchrashi, bemor boʻlish, kasallik yetishi, oʻqish yoki ishdagi muvaffaqiyatsizlik va h.k. barchasi sinovdir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonga qay bir musibat: charchashmi, bemorlikmi, tashvishmi, xafachilikmi, ozormi, gʻam-gʻussami, hattoki tikan kirishmi yetadigan boʻlsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur”, dedilar (Imom Buxoriy, Muslim rivoyati).