Get Mystery Box with random crypto!

Islom dini insonlarni doimo bir-biri bilan do‘stlashishga, o‘z | Yurak Amri

Islom dini insonlarni doimo bir-biri bilan do‘stlashishga, o‘zaro fikr almashishga va maslahatga, ahillik ila birdamlikka chaqirib kelgan. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham judayam ko‘p hadislarida Alloh uchun bir-birini yaxshi ko‘rish, Allohning roziligi uchun do‘stlashishga qattiq targ‘ib qilganlar va aynan shunday do‘stlikni ixtiyor qilganlarga go‘zal hushxabarlar berganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo Qiyomat kuni: “Azamatim uchun do‘st bo‘lganlar qani? Bugun, Mening soyamdan boshqa soya yo‘q kunda O‘z soyam bilan soyalantiraman”, deydi”, dedilar. (Imom Muslim)
Alloh uchun tutingan do‘stlar nafaqat bu dunyoda, balki oxiratdayam najot topishingga sabab bo‘ladi.