Get Mystery Box with random crypto!

IYMONI YO‘Q ODAMNING DO‘STLIGI BO‘LMAYDI! Abu Said al-Xudriy | Yurak Amri

IYMONI YO‘Q ODAMNING DO‘STLIGI BO‘LMAYDI!

Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘st bo‘lsang faqat mo‘'min bilan do‘st bo‘l.Taomingni esa taqvodor odam yesin» dedilar.

Mo‘'min bilan do‘st bo‘l deyishlikning sababi, iymonsiz kishining do‘stligiga ishonch yo‘q. Musulmon, mo‘'min bo‘lmagan odam bilan ulfat bo‘lish, biror bir ishda sherik bo‘lishingiz mumkin. Ammo hech qachon do‘st bo‘lolmaysiz. Chunki iymoni bo‘lmagan odamning ishonchi bo‘lmaydi. Iymoni bo‘lmagan kishi do‘stlik qilolmaydi.