Get Mystery Box with random crypto!

#nega Nega eski kitoblarning hidi shunchalik o'zgacha? Onli | #AMORF'S

#nega

Nega eski kitoblarning hidi shunchalik o'zgacha?

Online kitoblar va PDF variantlar ishlatilayotgan bizning zamonimizda qog'oz shakldagi kitoblar o'qishning o'zgacha gashti borligini, faqatgina, asl kitobxonlar anglay oladi.

Qog'oz ishlab chiqarish birmuncha mashaqqatli ish. Yog'och asosan sellyulozali tolalar va ular orasidagi bo'shliqlarni to'ldiruvchi lignindan tashkil topadi. Lignin qog'ozga sariqlikni beradi, shuning uchun uni ishlab chiqarish paytida olib tashlash maqsadga muvofiqdir.

Avvalgi texnologiyalar buni samarali bajarishga imkon bermagan, shuning uchun qog'oz sarg'ish va yumshoq bo'lib chiqqan. Vaqt o'tishi bilan lignin parchalanib, hidli moddalar, shu jumladan, achchiq bodom hidi bilan benzaldegid hosil qila boshlagan.

Menimcha, issiq kofe va eski kitob hidiga hech nima teng emas)

@amorfs