Get Mystery Box with random crypto!

Amir Temur va Temuriylar tarixi

Telegram kanalining logotibi amirtemurtarixi — Amir Temur va Temuriylar tarixi A
Telegram kanalining logotibi amirtemurtarixi — Amir Temur va Temuriylar tarixi
Kanal manzili: @amirtemurtarixi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.30K
Kanalning ta’rifi

Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari tarixi eng mukammal tarzda faqat bizda!
@AmirTemurtarixi
Muhokama guruhimiz: @Temuriylar_tarixi
Murojaat uchun
@AmirTemurtarixi_bot
@nuna5bot
Foydali ma'lumotlar:
@Temuriylartarixibot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-01 17:35:46 Ulugʻ shoir Imomiddin Nasimiy

.... Imomiddin Nasimiy Ozarbayjonda 1370-tugʻilgan buyuk shoir edi. Diniy ilmdan ham, dunyoviy bilimdan ham yaxshi xabardor boʻlgan. Shoir inson erkini kuylovchi gʻazallari uchun Temuriyzoda Mironshoh va oʻz yurtidagi muttassiblar zugʻumidan bezor boʻlib,Shom(Suriya) ga ketishdan oʻzga chorasi qolmaydi.
Suriya hukumdori sulton Muayid shoir Nasimiyniiliq qarshi oladi. Ammo muttassiblar uni bu yerda ham tinch qoʻymaydi. Sulton bilan shoir ishtirok etayotgan juma namozida jaholatpararastlar "Oramizda dini islomni tahqirlovchi shaxs borki, u YOSIN surasini oyogʻi ostiga olib tepkilab yuribdi " deb aytishadi. Shoh bundan qattiq gʻazablanadi va Nasimiydan bunday odamni nima qilish kerak deb soʻraydi. Tabiiyki Nasimiyning bundan xabai yoʻq edi va u ey podshohim bunday muttassibning birdan bir jazosi tiriklayin terisini shilmoqdur javob berdi. Muttassiblar surani Nasimiyning kovushi pati orasiga joylashtirgandi.Bu holni koʻrib podshoh shoirdan nima qilamiz deganda Nasimiy hukumdorning amri bajarilishi shart ekanligini aytadi. Uni tiriklayin terisini shilishayotganda, johillarning kattasi bu dahriyning qoni harom shuning uchun qoni tekkan joyni kesib olish kerakligini maʼlum qildi. Shu payt qon tomchisi oʻsha odamning chap qoʻliga tegdi va odamlar undan nima qilamiz desa "men buni shunchaki misol tariqasida keltirgandim " deydi. " Zamonang tulki boʻlsa, tozi boʻlib quv " degani shu boʻlsa kerak. Bu voqea 1417- yilda boʻladi. Kimning haq kimning nohaq ekanligi doimo vaqtlar oʻtgandan soʻng bilinadi.

Barchangizni kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
7.6K viewsShaxzod Raximov, 14:35
Ochish/sharhlash
2022-03-21 22:00:02
Bugun 22-mart buyuk shoh va olim Muhammad Tarag'ay Mirzo Ulug'bekning tavallud kuni

Bugun Mirzo Ulug'bek tavalludiga 628 yil to'ldi. Bobomiz xotirasini yod etish barchamizning burchimiz.
(Videodagi she'r Xurshid Davron qalamiga mansub)

Kanalimiz
@AmirTemurtarixi
9.4K views𝐍𝐚𝐳𝐨𝐤𝐚𝐭 𝐎𝐛𝐢𝐝𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯𝐚, 19:00
Ochish/sharhlash
2022-03-17 20:14:37 Temuriy hukmdorlardan Sulton Ahmad Mirzoning ayrim shaxsiy fazilatlari:

Moʻgʻullar uni " Oʻladsho "(Oʻlim qotili) nomini berishgan. Sulton Ahmad bir tarafdan juda dindor va sof qalbli, ikkinchi tarafdan dunyoqarashi cheklangan bir shaxs edi. Oʻzining shayxi Xoʻja Ubaydulloh ga shu qadar hurmat koʻrsatar edik, uning huzurida kamoli xokisorlik va muhabbat bilan tiz choʻkib oʻtirardi. Hatto tasodifan tizzasi ostiga kuchli suyak kirib qolsa ham, shuni olib tashlashga jasorat etmay, oyogʻining qattiq ogrishiga chidab, oʻsha holatda imkon kutar edi. Ikkinchi tarafdan esa, shunday dindor va taqvodor bir odam, odatda, 20-30 kunni aysh-ishratda oʻtkazar va sarxush holatda ham namoz oʻqishini unutmas edi. Nima boʻlganda ham Movrounnahr Sulton Ahmad davrida nisbatan osoyishta hayot kechirdi.

Xerman Vamberi
8.1K viewsShaxzod Raximov, 17:14
Ochish/sharhlash
2022-03-10 15:04:35
Surxondaryodan “Ulugʼbek xazinasi” topildi..

Аniqlanishicha, 2-mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan oqib oʼtuvchi Toʼpalang daryosi qirgʼogʼidan mahalliy aholi tomonidan mis tangalar topilgan.

Surxondaryo viloyatida topilgan mis tangalar Mirzo Ulugʼbek hukmronligi (XV asr) davrida zarb etilganligi aniqlandi.

Mahalliy aholidan 512 dona mis tangalar belgilangan tartibda olinib, Termiz shahridagi Аrxeologiya muzeyi fondiga topshirilgan.

TO'LIQ SAYTDA TANISHING
https://legacy.uz/uz/surxondaryodan-ulugbek-xazinasi-topildi/

Kanalimiz @AmirTemurtarixi
8.1K views𝐍𝐚𝐳𝐨𝐤𝐚𝐭 𝐎𝐛𝐢𝐝𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯𝐚, 12:04
Ochish/sharhlash
2022-03-08 06:53:01 Xalq og'zaki ijodida Amir Temur siymosi

Sohibqiron Amir Temur haqida xalq og'zida ko'plab afsonalar, rivoyatlar yuradi. Bularning bari Amir Temurning adolatpeshaligiga, yurtni zolimlar qo'lidan qutqarib, ozod qilganiga taqaladi. Amir Temur haqidagi ma'lumotlar Rossiya imperiyasi hamda sobiq SSSR davrida yo'q qilib yuborildi. Ammo shunday davrda ham xalqimiz xotirasida ulug' sarkardaning yodi saqlanib qoldi. Bu xalq og'zaki ijodiga ko'chib, doston shaklida bizgacha yetib keldi. Xususan, Chori baxshi Umirovning "Temurbekning tug'ilishi va bolaligi" dostoni ham Sohibqiron haqida, uning bolaligi haqida so'zlovchi, bizga xalqning Amir Temur haqidagi fikrini ko'rsatuvchi qimmatli dostondir. Quyida dostondan parchani o'qishingiz mumkin.

Qo'lda sozim, o'ynab-o'ynab jo'sh endi,
Nag'malarga baxshi sasin qo'sh endi,
Ul qadimiy ohanglarga tush endi,
Amir Temur haqda doston boshlayin,
El tinglasin bo'lib vaqti xush endi.

Asli dushman yorgan bo'lar pixini,
Oq to'shingga sanchar nayza-o'qini,
Yuragingga urar ajal sixini,
Amir Temur tug'ilishin kuylayin,
Shod qilayin jahongirning ruhini.

Temur bobom zolimlarga o'ch bo'lgan,
Boshda aql, qo'lda hadsiz kuch bo'lgan,
Ko'rgan dushman qocha-qocha, qoch bo'lgan,
Xaloskorlik rejasini tuzganda
Dushman o'yi har qadamda puch bo'lgan.

Bahor kelsa, oqar tovning qori-yey,
Ilhom bergan do'mbiramning tori-yey,
Temurbek-da islom tug'in ori-yey,
Shu bobomdan elga doston tayladim,
Chori baxshi yuragida bori-yey.

Ko'rmangizlar tani jabr-sitamdan,
Ulgi oldim qo'nib turgan pitamdan,
Madad olib belimdagi po'tamdan,
Sohibqiron tug'ilishin aytdim-da,
Bolalikda o'rganganman otamdan.

Bu dunyoning ishi doim kam bo'lgan,
Inqilob deb bosh egik-u, xam bo'lgan,
Tutqunlikni bari boshda jam bo'lgan,
Tarix haqda Temur haqda dostonni
Baxshilari aytolmasdan dam bo'lgan.

Mute'likdan turdik qo'lni quvshirib,
Ko'p narsalar aytolmadik yashirib,
Boshqinchiga xizmat etdik bosh urib,
Shu boisdan ko'plab yaxshi dostonni
Baxshilar ham olib ketgan oshirib.

Turkiy elim, omon bo'ling, bor bo'ling,
Yer yuzida dovruq solib, zo'r bo'ling,
Xalqlar aro ko'ksi baland, qir bo'ling,
Men kuyladim, siz-chun bitdi Abdiolim,
Baxshidan ham doim xabardor bo'ling.

Do'mbiramni hali ko'p bor chertarman,
Dostonlarni bir-bir qator etarman,
Temur haqda o'nta doston aytarman,
Sizga omad bersin Xudo, o'quvchim,
O'qisangiz murodimga yetarman.


Kanalimiz @AmirTemurtarixi

https://hosty.xxx/i/51e54ad300a00cae96d53a654e93ba98918558b0.jpg
8.8K views𝐍𝐚𝐳𝐨𝐤𝐚𝐭 𝐎𝐛𝐢𝐝𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯𝐚, 03:53
Ochish/sharhlash
2022-02-18 19:26:21
#iqtibos

Kechagi kunning bugun va ertaga ta'sirini o'ylayman. O'tgan kunidan boxabar odam qadamini qanday tashlashni, qanday yashashni yaxshi biladi. Ota-bobolarimiz boshiga tushgan kulfatlar bizni xushyor bo'lishga undaydi. O'zligimiz abadiyati uchun qon bilan yozilgan, shon bilan tarixga aylangan o'tmishimizni hifzi himoyada saqlab, ibrat bilib, umrimiz bo'yi saboq olmog'imiz lozim.

Poyon Ravshanov

Kanalimiz
@AmirTemurtarixi
7.5K views𝐍𝐚𝐳𝐨𝐤𝐚𝐭 𝐎𝐛𝐢𝐝𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯𝐚, 16:26
Ochish/sharhlash
2022-02-14 06:41:20
14-fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 - yilning 14-fevralida Andijonda tug‘ilgan bo‘lib, bu yil buyuk shoh va shoir tavalludining 539 yilligi nishonlanmoqda.

Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.

Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Kanalimiz
@AmirTemurtarixi
7.8K views𝐍𝐚𝐳𝐨𝐤𝐚𝐭 𝐎𝐛𝐢𝐝𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯𝐚, 03:41
Ochish/sharhlash