Get Mystery Box with random crypto!

Saroy-mulk xonim haqida Saroy Mulk xonim chig‘atoy ulusiga | Amir Temur va Temuriylar tarixi

Saroy-mulk xonim haqida

Saroy Mulk xonim chig‘atoy ulusiga mansub mo‘g‘ul xonlaridan Qozonxonning qizi bo‘lib, 1341 yilda tug‘ilgan. Qozonxon taxtdan azl etilib, qatl qilingan chog‘da Saroy Mulk xonim hali besh yoshda edi. Saroy Mulk xonim balog‘atga yetgach, 1355 yilda Movarounnahr hukmdori amir Qozog‘onning nabirasi amir Husayn uni nikohiga kiritdi. 1370 yilda sohibqiron Amir Temur jangda amir Husaynni yenggach Movarounnahr hukmronligini o‘z qo‘liga oladi. Sohibqiron Amir Temur maqtulning haramidagi malikalar orasidan Qozonxonning qizi—Saroy Mulk xonimni, Bayon Sulduzning qizi — Ulus Og‘oni, Xizr Yasuriyning qizi—Islom Og‘oni hamda Tag‘oy Turkon Xotunni tanlab olib, uch oy o‘tgach, o‘z nikohiga kiritadi.

Amir Temur Saroy Mulk xonimni o‘z nikohiga kiritgach, ko‘ragon unvoniga musharraf bo‘ldi. "Ko‘ragon" mo‘g‘ulcha so‘z bo‘lib, kuyov degan ma’noni ifodalaydi. Saroy Mulk xonim haramdagi barcha malikalardan ulug‘rog‘i hisoblanib, katta xonim yoxud "Bibixonim" degan unvonga noil bo‘ladi.

@AMIRTEMURTARIXI