Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Amir Temurning jang mahorati haqida gapirdi «Imkoni | Amir Temur va Temuriylar tarixi

Prezident Amir Temurning jang mahorati haqida gapirdi

«Imkonim boʻlishi bilan kitob oʻqishga harakat qilaman. Oʻsha kuni 1 soatcha boʻsh vaqtim paydo boʻlib qolgandi, Amir Temur va Toʻxtamishxon oʻrtasida jang tarixini oʻqidim. Buyuk sarkardamiz qanday gʻalaba qozongani menga juda qiziq edi. Toʻxtamish ham osonlikcha yutqazmagan ekan, bunda Amir Temur bobomizning yuksak harbiy taktika va strategiyasi, dovyurakligi ish bergan. Oʻzimga ham yozvoldim, Amir Temur jangda 7 ta usulni qoʻllagan ekan.

Biz nega shu kabi buyuk ajdodlarimiz tarixini yaxshi oʻrganmaymiz? Uzoq yillar ura-ura bilan umuman boshqalar tarixini, boshqalar gʻalabasini miyamizga singdirishgandi. Mutasaddilarga topshiriq berdim — biz birinchi navbatda oʻzimizning bobolarimiz tarixini oʻrganishimiz kerak.

Siz qashqadaryoliklar anglab yetishingiz kerak – shunday ulugʻ inson sizlarning bevosita ajdodingiz boʻladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Kanalimiz @AmirTemurtarixi